
- 0
- 15.05.2026 13:25:00
- 1 min read
“Barselona” futbolchisi Lamin Yamalning chempionlik paradida Falastin bayrog‘ini ko‘targani Isroil mudofaa vaziri Isroil Katz tomonidan tanqid qilindi. U yosh futbolchini “Isroilga qarshi nafratni targ‘ib qilishda” ayblagan.
Vazir o‘z bayonotida 2023-yil 7-oktabr voqealarini ham eslatib o‘tgan.
Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda Ispaniyada Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyotlariga qarshi norozilik kayfiyati kuchayib bormoqda. Bu holatni sport va madaniyat tadbirlarida yaqqol ko‘rish mumkin. Avvalroq ham Isroil jamoasi qatnashgan “Vuelta” velopoygasi davomida namoyishlar kuzatilgan edi. Shuningdek, Ispaniya Isroil ishtirokiga norozilik sifatida “Evrovidenie” qo‘shiq tanlovini boykot qilgan beshta davlatdan biri hisoblanadi.