
- 0
- 29.12.2025 10:20:00
- 1 min read
BrandIL tadqiqot kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil ketma-ket ikkinchi yil Milliy brendlar indeksi (NBI) reytingida eng oxirgi o‘rinni egalladi. Bu so‘nggi 20 yil ichidagi eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Indeks mamlakat obro‘sini turizm, madaniyat, immigratsiya, eksport va boshqaruv kabi yo‘nalishlar bo‘yicha baholaydi.
2025-yil avgust–sentabr so‘rovlari natijasida Isroilning umumiy ko‘rsatkichi o‘tgan yilga nisbatan 6,1% ga pasaygan. Ayniqsa, eksport mahsulotlari bo‘yicha eng past baho berilgan, bu iste’molchilarning Isroil tovarlari va xizmatlaridan qochayotganini ko‘rsatadi.
So‘rovlar Yevropada va AQShda ham Isroilga nisbatan salbiy munosabat kuchayganini ko‘rsatmoqda. Bu tendensiya G‘azodagi urush va boykot kampaniyalari bilan bog‘liq ekani ta’kidlanadi.