
- 0
- 04.12.2025 13:18:00
- 1 min read
3-dekabr kuni Isroil harbiylari G‘azo sektoriga havo hujumi uyushtirdi. Natijada yetti nafar falastinlik, jumladan 8 va 10 yoshli ikki bola halok bo‘lgan. Yana 32 kishi jarohatlangan. Hujum Zaytun mahallasi va al-Mavosiy lageriga yo‘naltirilgan bo‘lib, lagerga tushgan bomba bir nechta chodirlarning yonib ketishiga ham sabab bo‘lgan.
HAMAS guruhi bu hujumni otashkesimga zid harakat, “sulhni mensimaslik belgisi” sifatida baholagan. G‘azo rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, sulh kuchga kirganidan buyon Isroil tomonidan 590 martadan ortiq hujumlar qayd etilgan.