Isroil va Livan 10 kunlik otashkesimga kelishdi

Isroil va Livan 10 kunlik otashkesimga kelishdi
  • 1
  • 17.04.2026 09:25:00
  • 1 min read

Tramp Isroil va Livan o‘rtasida 10 kunlik muvaqqat otashkesimga erishilganini ma’lum qildi. Kelishuv bugun, 17-aprel kunidan kuchga kirdi.
Sulh Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Livan prezidenti Jozef Aun bilan olib borilgan muloqotdan so‘ng e’lon qilingan. Livan hukumati bu qarorni qo‘llab-quvvatlab, urush boshidan beri aynan shunday talab ilgari surilganini bildirdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, janglar oqibatida Livanda 2100 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, millionlab odamlar uyini tark etishga majbur bo‘lgan.
Tomonlar yaqin kunlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni boshlashi kutilmoqda. Biroq “Hizbulloh” guruhi ushbu kelishuvni qo‘llamayapti.

Livanning “Hizbulloh” guruhi 2-martga o‘tar kechasi Isroil hududiga raketalar uchirdi. Guruh bayonotida hujumlar Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning o‘limi uchun qasos sifatida amalga oshirilgani ta’kidlagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News