
- 1
- 24.11.2025 11:00:00
- 1 min read
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tkazilgan VI Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston umumiy hisobda 96 ta medalni qo‘lga kiritdi. Musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar 29 ta oltin, 35 ta kumush va 32 ta bronza medali bilan 57 ta davlat orasida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Turkiya umumiy hisobda 155 ta medalni qo‘lga kiritib birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rinda 81 ta medal bilan Eron kuchli uchlikni yakunladi.


