
- 0
- 02.12.2025 14:19:00
- 1 min read
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Yevropa nufuzli mukofotlaridan biri — Prix Avicenne 2025 (Avitsenna mukofoti 2025)ga sazovor bo‘ldi. Tantanali marosim Parijda, Fransiya Milliy tibbiyot akademiyasi binosida bo‘lib o‘tdi. U yerda yetakchi olimlar, tib tarixchilari, sharqshunoslar, islom merosi bo‘yicha mutaxassislar va Yevropa madaniy muassasalari vakillari yig‘ildi. Rasmiy yig‘ilish davomida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga buyuk Avitsena yodgorlik haykalchasi va mukofot diplomi topshirildi. Taqdirlashda O‘zbekiston bugun nafaqat o‘zining madaniy-ilmiy o‘tmishiga g‘amxo‘rlik qilayotganini, balki jahon gumanitar fanlariga ham salmoqli hissa qo‘shib, yangi keng ko‘lamli loyihalarni ilgari surayotganini ta’kidlandi.