
- 5
- 10.12.2025 08:50:00
- 1 min read
Taniqli jurnalist, yozuvchi, tarjimon, sobiq deputat, parlament a’zosi va siyosatchi Karim Bahriyev “Lolazor” podkastida Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov qizi Gulnora Karimovani unga bermoqchi boʻlganini, biroq u rad etganini aytdi. “U odamning nega menga mehri tushganini bilmayman. Men rad qildim, chunki toshkentlik bir qizga uylanyapman, Islom Abdugʻaniyevich, dedim”, deydi Bahriyev. U bu voqeani 30 yil davomida hech kimga aytmaganini Islom Karimov unga “Mayli, baxtli boʻlgin. Men toʻyingga borsam, qoʻriqchilarim toʻyingni xunob qilib tashlaydi”, deb fotiha berganini ham aytib o‘tdi.
Shundan keyin Gulnora Karimova amerikalik biznesmen Mansur Maqsudiy bilan turmush qurgan. Ular 10 yil birga yashab, so‘ng ajrashishgan.
Gulnora Karimova 2015-yili 5 yil muddatga, 2019-yil esa 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.