Iroq parlamenti yangi davlat rahbarini sayladi

Iroq parlamenti yangi davlat rahbarini sayladi
  • 0
  • 13.04.2026 17:36:00
  • 1 min read

Iroq parlamentida o‘tkazilgan ovoz berish natijasida Kurdiston vatanparvarlik ittifoqi (PUK) vakili Nizor Omedi mamlakat prezidenti etib saylandi. Saylov jarayoni murakkab kechdi. Birinchi turda hech bir nomzod zarur bo‘lgan ovozni to‘play olmadi. Ikkinchi turda esa Nizor Omedi asosiy raqibini ortda qoldirib, ko‘pchilik ovoz bilan g‘alaba qozondi. Saylovdan oldin amaldagi prezident Abdul Latif Rashid o‘z nomzodini qaytarib olgan edi. Qonunga ko‘ra, yangi prezident 15 kun ichida bosh vazir nomzodiga hukumat tuzish vazifasini topshiradi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News