
- 0
- 14.03.2026 10:26:00
- 1 min read
Urush bo‘layotganiga qaramay, Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon, Eron tashqi ishlar vaziri va bir nechta muhim amaldorlar Tehron ko‘chalaridagi namoyishlarga chiqib, xalq bilan ko‘rishishdi. Isroil Eron sud hokimiyati rahbari jurnalistlar bilan muloqot qilayotgan hududga aviazarbalar berdi. Shunga qaramay, millionlab eronliklar Tehron va boshqa shaharlar ko‘chalariga chiqib, mardonavor yurishda davom etdi. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi jurnalistlarga bergan intervyusida dushmanlar Eron xalqining kuchini tan olishga majbur bo‘lishini ta’kidladi.
Eron OAVlariga ko‘ra, Tehrondagi namoyish vaqtida yuz bergan portlash oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgan.