Eron Ozarbayjon aeroportiga zarba berdi

Eron Ozarbayjon aeroportiga zarba berdi
  • 0
  • 05.03.2026 15:22:00
  • 1 min read

5-mart kuni Eron raketasi Ozarbayjonning Naxchivon Muxtor Respublikasi hududidagi aeroportga qulab tushdi. Bu haqda “Azernews” nashri xabar berdi (https://www.azernews.az/nation/255270.html). 
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda aeroport atrofida portlashlar aks etgan bo‘lib, foydalanuvchilar ushbu hudud Eron, AQSH va Isroil o‘rtasidagi taranglik fonida nishonga olingani iddao qilinmoqda. 

Naxchivon Ozarbayjonning Eron, Turkiya va Armaniston bilan chegaradosh eksklavi bo‘lib, Janubiy Kavkazda strategik jihatdan muhim hudud hisoblanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News