
- 3
- 15.01.2026 08:15:00
- 1 min read
AQSH tomonidan Eron hududiga ehtimoliy hujum bo‘lishi haqidagi xabarlardan so‘ng, Eron havo hududini yopdi. Flightradar24 ma’lumotiga ko‘ra, cheklovlar avvaldan ruxsat olingan xalqaro reyslardan tashqari barcha parvozlarga taalluqli. Reuters’ning yozishicha, Yevropadagi manba AQSH Eronni 24 soat ichida nishonga olishi mumkinligini bildirgan. Prezident Donald Tramp ham Erondagi norozilik namoyishlari kuch bilan bostirilsa, AQSH aralashuvini istisno qilmagan.
Huquq faollari ma’lumotiga ko‘ra, noroziliklar vaqtida yuzlab odamlar halok bo‘lgan, minglab namoyishchilar hibsga olingan. Eron rasmiylari esa qatllar rejalashtirilmaganini bildirgan. Eron AQSH hujumi sodir bo‘lsa, mintaqadagi Amerika obyektlariga zarba berish bilan tahdid qilgan. AQSH esa Yaqin Sharqdagi bazalaridan ayrim xodimlarni olib chiqishni boshlagan.
Tashqi ishlar vazirligi Eronda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini namoyishlarda ishtirok etmaslikka va xavfsizlik choralariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.