
- 3
- 23.01.2026 08:55:00
- 1 min read
Eron rasmiylari ommaviy norozilik namoyishlari oqibatida 3117 kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligiga tayanib Euronews xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 2427 nafari tinch aholi va xavfsizlik kuchlari xodimlari hisoblanadi. Qolgan qurbonlar haqida batafsil ma’lumot berilmadi. Rasmiy raqamlar inson huquqlari tashkilotlari keltirgan baholardan ancha past. Jumladan, AQSHda joylashgan HRANA kamida 4902 kishi, Reuters manbalari esa qurbonlar soni 5 mingdan oshishi mumkinligini bildirgan. Nashr qayd etishicha, namoyishlar paytida Eron rasmiylari internet va xalqaro aloqalarni cheklagan hamda jurnalistlar faoliyatiga to‘sqinlik qilgan. Bu holat zo‘ravonlik ko‘lamini mustaqil baholashni qiyinlashtirgan.
Norozilik namoyishlari 28-dekabr kuni iqtisodiy muammolar fonida boshlangan va umumxalq chiqishlariga aylangan. HRANA ma’lumotiga ko‘ra, 26,5 mingga yaqin kishi hibsga olingan, ayrimlari “Xudoga qarshi isyon” aybi bilan o‘lim jazosiga tortilishi mumkin.