
- 0
- 28.02.2026 13:59:00
- 1 min read
Eron Isroil hududiga o‘nlab ballistik raketalar uchirdi. Manbalarga ko‘ra, birinchi to‘lqinda qariyb 30 ta raketa yo‘llangan. Isroil mudofaa armiyasi qisqa vaqt ichida yana bir zarba amalga oshirilganini bildirdi. Tel-Avivda hujumlardan so‘ng tutun kuzatilgani xabar qilindi.
Shuningdek, Eron AQSHning Qatar va Bahrayndagi harbiy bazalariga zarba berishga uringan. Qatar rasmiylari raketa urib tushirilganini ma’lum qildi, Bahraynda esa yerda talafotlar qayd etilgan. Iordaniya poytaxti Ammon va Kuvaytda havo trevogasi e’lon qilindi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu fuqarolarni yaqin kunlarda matonatli bo‘lishga chaqirdi.
Bugun, 28-fevral kuni AQSH va Isroil Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy amaliyotni boshladi.