Iqbol Soliyev Ozarboyjonda ushlanganligi haqidagi xabarlarni rad etdi

Iqbol Soliyev Ozarboyjonda ushlanganligi haqidagi xabarlarni rad etdi
  • 0
  • 14.03.2026 21:33:00
  • 1 min read

Qo‘qonlik tabib Iqbol Soliyev Ozarboyjonda ushlanganligi haqidagi xabarlarni yolg‘on deb atadi. U bunday xabarni tarqatgan blogerlar va OAVlar ustidan barcha kerakli tashkilotlarga ariza yozayotganini ma’lum qildi.

Avvalroq Ozarbayjon OAVlari Bokudagi klinikada navbat va tartibsizlik yuzaga kelgani sabab Soliyev ushlanganini xabar qilgan edi. Soliyev esa buni rad etib, “Qachon meni Ozarboyjonda politsiya olib kirib qamadi? Men seansni xalq orasida o‘tkazdim. Senlar bilan kerak bo‘lsa sudda yoki kerakli tashkilotlar bilan gaplashaman,” degan u.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News