
- 8
- 10.01.2023 08:09:00
- 1 min read
Texnologiya giganti Microsoft kompaniyasi 27 yillik Internet Explorer brauzeri 2023-yil 14-fevraldan butunlay oʻchirib tashlanishini eʼlon qildi.
Microsoft bir necha oy oldin Internet Explorer uchun yangilanish chiqarishini e’lon qilgandi, bunga ko‘ra yangilanish brauzerni kompyuterlardan doimiy ravishda olib tashlaydi. Shaxsiy internet foydalanuvchilari xushlamagan ushbu dastur bilan endi idora va tashkilotlar ham xayrlashishi kerak. 2023-yilda ikkinchi yangilanish bilan Internet Explorer o‘rniga Windows operatsion tizimidagi kompyuterlar endi Edge’ga ega bo‘ladi.