Argentinada instruktor parashyutsiz samolyotdan o‘zini tashlab, halok bo‘ldi

Argentinada instruktor parashyutsiz samolyotdan o‘zini tashlab, halok bo‘ldi
  • 0
  • 10.07.2026 18:17:00
  • 1 min read

Argentinada o‘quv parvozi vaqtida 42 yoshli uchuvchi-instruktor Leandro Bertatso samolyotdan parashyutsiz sakrab, halok bo‘ldi. Qayd etilishicha, samolyotda 22 yoshli kursant qiz ham bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, instruktor sakrashdan avval xotirjam tarzda garniturasini yechib, shaxsiy buyumlarini yig‘gan, xavfsizlik kamarini yechgan va unga: “Nima qilishni bilasan, davom et”, -deb, samolyotdan o‘zini tashlagan. Kursant qiz samolyot boshqaruvida yolg‘iz qolgan bo‘lsa-da, favqulodda signal yuborib, havo kemasini aerodromga muvaffaqiyatli qo‘ndirishga erishgan. Aviatsiya maktabi uning qo‘nishi og‘ir ruhiy holatiga qaramay, benuqson amalga oshirilganini ma’lum qildi. Instruktorning jasadi keyinchalik hodisa joyi yaqinidagi daladan topilgan. Mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar voqeaning asosiy taxmini sifatida o‘z joniga qasd qilish holatini ko‘rib chiqmoqda. Marhumning yaqinlari uning ruhiy muammolar sabab davolanayotganini bildirgan, biroq, hamkasblari bu haqda bilmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News