
- 8
- 21.11.2026 11:47:00
- 1 min read
Indoneziyaning Şimoliy Sumatra provinsiyasi Simalungun okrugida 20-noyabr kuni Siantar–Medan yönalişida harakatlanayotgan poyezd mikroavtobus bilan töqnaşdi.
Guvohlarning aytişiça, haydovçini yaqinlaşayotgan poyezd haqida ogohlantirişgan. Biroq mikroavtobus harakatlanişda davom etib, temiryölning örtasida töxtab qolgan. Şundan söng poyezd uni urib, taxminan 500 metrga sudrab ketgan. Töqnaşuv oqibatida mikroavtobusning 46 yoşli haydovçisi halok bölgan. Poyezdning ikki nafar maşinisti va bir nafar temiryöl xodimi kuyiş jarohatlarini olgan. Yonğin lokomotiv va mikroavtobusni qamrab olgan. Uni öçiriş uçun uçta öt öçiriş maşinasi jalb etilgan. Poyezdda bölgan 264 nafar yölovçining barçasi omon qolgan.
Hozirda politsiya hodisa sabablarini örganmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga köra, avariya “şlagbaum” siz temiryöl kesişmasida sodir bölgan.