
- 0
- 22.12.2025 17:03:00
- 1 min read
Sankt-Peterburgning Primorskiy tumanida hindistonlik migrantlar ko‘chalarda ish boshladi. Migrantlar ish haqi va sharoitdan mamnun: yashash va ovqatlanish ish beruvchi tomonidan ta’minlanadi, tozalovchi maoshi taxminan 100 ming rubl. Hindistonliklar rus tilini hali mukammal bilmasalar-da, kurslarda o‘rganishmoqda va ish davomida tushunib gaplashishga harakat qilmoqda. Mahalliy aholi hindistonlik tozalovchilarni mehnatsevar va mas’uliyatli deb baholamoqda. Rossiya OAVga ko‘ra, loyiha hozircha sinov tarzida amalga oshirilmoqda, lekin ishchilar yuqori samaradorlik ko‘rsatmoqda va uni kengaytirish rejalashtirilmoqda.