Hindistonda Milliy gvardiya imtihoni aeroport yo‘lagida o‘tkazildi

Hindistonda Milliy gvardiya imtihoni aeroport yo‘lagida o‘tkazildi
  • 0
  • 22.12.2025 14:36:00
  • 1 min read

Hindistonning Odisha shtatida Milliy gvardiya (Home Guard) safiga ishga qabul qilish uchun yozma imtihon noodatiy joyda — aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagida o‘tkazildi. Mahalliy rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, atigi 187 ta bo‘sh ish o‘rni uchun 8 mingdan ortiq nomzod ro‘yxatdan o‘tgan. Nomzodlar soni kutilganidan ancha ko‘p bo‘lgani sababli, Sambalpur tumanidagi Jamadarpali aeroporti vaqtincha imtihon maydoniga aylantirilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News