
- 4
- 27.10.2025 17:12:00
- 1 min read
Hindistonning janubidagi Gummatapura qishlog‘ida har yili o‘tkaziladigan g‘ayrioddiy va qadimiy an’ana — “Gorehabba” go‘ng otish festivali bu yil ham katta shukuh bilan o‘tkazildi.
Ushbu festival Divali bayramining yakuniy qismi hisoblanadi va mahalliy aholi uchun poklanish hamda baraka ramzi sanaladi. Tadbir davomida odamlar maydonda yig‘ilib, ibodat qiladi va so‘ng bir-birlariga sigir go‘ngini uloqtirish orqali yovuzlikdan xalos bo‘lishni, yangi yilni tozalik bilan boshlashni ifodalaydi.
Hind diniy e’tiqodiga ko‘ra, sigir muqaddas hayvon sanaladi va unga oid har bir narsa — jumladan go‘ngi ham — sof va marhamatli deb hisoblanadi. Shu bois bu festival nafaqat kulgili manzara, balki muqaddas marosim sifatida ham qaraladi.