
- 1
- 07.01.2026 20:43:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda Turkiyada bir qizning masjid ichida behayo harakatlar bilan raqsga tushgani aks etgan video keng noroziliklarga sabab bo‘ldi. Qiz ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida namoz o‘qiyotgan sevgilisining yoniga borib raqsga tushayotgan videoni “Hatto masjidda ham sevgilingizni bezovta qilish” sarlavhasi bilan ulashdi. Videoni haqoratli so‘zlar mavjud qo‘shiq bilan joylagan qiz ijtimoiy tarmoqlarni ikkiga bo‘lib yubordi. Ayrimlar postni kulgili deb baholagan bo‘lsa, boshqalar “Siz haddan oshib ketdingiz”, deya izoh qoldirdi. Mazkur holat Turkiyaning Konya viloyatida sodir bo‘lgan. Hozirda qiz va uning yonidagi yigitga nisbatan tergov oldi surishtiruv ishlari boshlangan.