
- 2
- 29.11.2025 10:45:00
- 1 min read
Auksion jarayonida bolakayning ijodi katta qiziqish uyg‘otdi va uning asari kutilganidan ham yuqori narxda xarid qilindi. Rasmga yuqori narx aytilgan paytda bolakayning quvonchdan porlagan ko‘zlari, yuzidagi samimiy tabassum aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, ko‘plab insonlarni hayajonga soldi.
Bu voqea nafaqat san’at ixlosmandlarini, balki oddiy odamlarni ham chuqur ta’sirlantirdi. Bolakayning iroda va sabr-toqati, hayotga bo‘lgan mehr-muhabbati hamda san’at orqali o‘zini ifoda etishi ko‘plarga ilhom manbai bo‘ldi.
Jamiyatda nogironligi bo‘lgan insonlarga e’tibor va qo‘llab-quvvatlash zarurligi yana bir bor eslatildi. Bolakayning rasmiga bo‘lgan qiziqish va uni qadrlash, san’atning chegarasiz kuchini ko‘rsatib berdi.