O‘zbekistonda 4 yilda 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan 445 ta jinsiy jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

O‘zbekistonda 4 yilda 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan 445 ta jinsiy jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
  • 6
  • 29.09.2026 18:02:00
  • 1 min read

O‘zbekistonda 2022–2025-yillar davomida 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar bo‘yicha 445 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qonun loyihasi muhokamasi vaqtida ma’lum qilindi.
Keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bunday jinoyatlar bo‘yicha 2022-yilda 85 ta, 2023-yilda 108 ta, 2024-yilda 129 ta va 2025-yilda 123 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Deputatlar muhokama qilgan qonun loyihasida bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish choralarini kuchaytirish taklif etilmoqda. Jumladan, 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan ayrim og‘ir jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini joriy etish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, bunday jinoyatlar bo‘yicha da’vo muddati bekor qilinishi, jabrlangan bolalarning tergov va sud jarayonlaridagi huquqiy himoyasini kuchaytirish hamda ularga bepul yuridik yordam ko‘rsatish taklif etilgan.
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilingan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News