
- 1
- 03.02.2026 14:18:00
- 1 min read
3-fevral kuni Ufa shahrida 9-sinf o‘quvchisi maktabga hujum qildi. U maktabga qurol olib kirib, o‘qituvchi va uch nafar sinfdoshiga bir necha marta o‘q uzgan hamda petarda portlatgan. Rasmiylar jabrlanuvchilar yo‘qligini bildirdi, biroq mahalliy OAV uch kishi jarohatlanganini xabar qilmoqda. Hujumchining asosiysi nishoni u yoqtirmaydigan tarix o‘qituvchisi va bir nechta sinfdoshlari bo‘lgan. Chunki u o‘zining Telegram kanalida hayoti haqida yozib, hayotdan norozi ekanini, o‘qituvchilarning bosimi, sinfdoshlari tomonidan tushunilmaslikdan shikoyat qilgan va hujumni oldindan ijtimoiy tarmoqlarda qurol bilan surat va videolar joylab, rejalashtirgan. O‘smir qo‘lga olingan. Holat yuzasidan tergov ishlai olib borilmoqda.