
- 0
- 16.01.2026 16:05:00
- 1 min read
Turkiyaning Adana viloyatida 34 yoshli erkak, rafiqasi bilan tortishuvdan so‘ng, 8 va 6 yoshli ikki farzandini o‘ldirdi, keyin esa o‘z joniga qasd qildi. Janjaldan so‘ng ayol uydan chiqqan va qaytmagan. Bundan g‘azablangan erkak na o‘zini, na farzandlarini ayamagan. Qo‘shnilar o‘q ovozlarini eshitib politsiya va tez yordamga xabar bergan. Ular yetib kelganda, ota va ikki farzandining jonsiz tanalarini topishgan. Hodisa yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.