
- 0
- 13.04.2026 17:06:00
- 1 min read
Turkiyada Binyamin Netanyaxu va yana 34 nafar Isroil rasmiysiga nisbatan og‘ir ayblovlar qo‘yilib, umrbod qamoq jazosi so‘raldi. Istanbul prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, ular G‘azoga gumanitar yordam olib ketayotgan kemalarga xalqaro suvlarda qurolli hujum uyushtirganlikda gumon qilinmoqda. Ushbu holat yuzasidan 35 nafar shaxsga nisbatan ayblov xulosasi tayyorlanib, ularni hibsga olish uchun order berilgan. Ayblovlarga genotsid, insoniyatga qarshi jinoyatlar, qiynoqlar va noqonuniy hibs kabi moddalar kiritilgan. Prokuratura har bir ayblanuvchi uchun umrbod qamoq bilan birga 1102 yil 9 oydan 4596 yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni so‘ragan.