
- 0
- 10.04.2026 18:42:00
- 1 min read
AQSHning Kaliforniya shtatida xodim past maoshdan norozi bo‘lib, o‘zi ishlaydigan kompaniyaning gigiyena mahsulotlari — hojatxona qog‘ozi, salfetka, qog‘oz sochiq va tagliklar saqlangan yirik omboriga o‘t qo‘ydi. Bino to‘liq yonib ketgan. Erkak omborga o‘t qo‘yayotgan onlarini videoga olib, kompaniyani tanqid qilgan va “bizga yashash uchun yetarli maosh to‘lash kerak edi”, degan. Politsiya gumonlanuvchini qo‘lga olgan.