
- 0
- 15.04.2026 17:29:00
- 1 min read
Toshkentda Gentra avtomobilida “migalka” yoqib, qarama-qarshi yo‘lda harakatlangan yigitlar qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, haydovchilik huquqiga ega bo‘lmagan 3 nafar yigit boshqa shaxsga tegishli avtomashinada yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan.
Sud qaroriga ko‘ra, avtomobil egasiga jarima qo‘llanildi. Qoidabuzarlardan biriga ham jarima tayinlangan bo‘lsa, yana ikki nafariga 5 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.