Toshkent viloyatida 9 yoshli bolani Cobalt urib ketdi

Toshkent viloyatida 9 yoshli bolani Cobalt urib ketdi
  • 4
  • 27.10.2025 13:35:00
  • 1 min read

Ijtimoiy tarmoqlarda Parkentda bola mashina ostida qolib halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Aniqlanishicha, Parkent tumanida 39 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Cobalt piyodalar o‘tish joyidan yugurib o‘tayotgan 9 yoshli bolani urib yuborgan. Natijada bola tan jarohatlari olib, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Toshkent viloyati IIBB YHXB ma’lumotiga ko‘ra, bolaning ahvoli yaxshi, u hozirda davolanish jarayonida. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News