
- 0
- 27.03.2026 10:28:00
- 1 min read
26-mart kuni Toshkentning Yunusobod tumanida 27 yoshli erkak mashinada sobiq turmush o‘rtog‘i va uning tanishlarini qasddan urib yubordi. U avvaliga Niyozbek yo‘li ko‘chasida sobiq turmush o‘rtog‘i va uning yonidagilar bilan janjallashib ketgan. Keyin esa Tracker’ni ularning ustiga haydab, qasddan bosib ketgan. Natijada ayol va uning tanishi yengil tan jarohatlari olib, tibbiyot muassasasiga yotqizilgan. Bu ishni qilgan erkak va voqea ishtirokchilari aniqlanib, Yunusobod tumani IIO FMBga olib borilgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.