
- 0
- 02.02.2026 15:12:00
- 1 min read
Toshkent shahrida Yashnobod tumanidagi tijorat bankining bo‘lim boshlig‘i E.N. “A.” MCHJ mas’ul shaxslari bilan til biriktirib, “B.B.” MCHJga 120 ming AQSH dollar miqdorida kredit ajratilishini ta’minlagan. So‘ngra, soxta hujjatlar orqali ushbu kreditni naqdlashtirib olib, pulni internetdagi qimor va tavakkalchilik o‘yinlariga sarflagan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Kodeksga ko‘ra, soxta hujjatlar tayyorlash yoki ulardan foydalanish jarimaga, majburiy jamoat ishlariga yoki axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin. Shuningdek, o‘zganing mulkini rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish ham jarima, majburiy jamoat ishlari yoki axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Tergov harakatlari davom etmoqda.