Ispaniyada podasidan ajralib qolgan buqa kafega bostirib kirdi

Ispaniyada podasidan ajralib qolgan buqa kafega bostirib kirdi
  • 0
  • 25.07.2026 11:04:00
  • 1 min read

Ispaniyadagi kafelardan birida noodatiy hodisa yuz berdi. Vazni qariyb 900 kilogramm bo‘lgan buqa podasidan ajralib qolib, kafega bostirib kirgan. Videoda buqaning stollar orasida bemalol yurgani tasvirlangan. Ofitsiant xotirjamlik bilan buqaga yaqinlashib, uni tashqariga olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Hodisa oqibatida esa jabrlanganlar qayd etilmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News