
- 0
- 03.02.2026 14:17:00
- 1 min read
29-yanvar kuni Toyloq—Urgut yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan velosipedchini Isuzu urib, yo‘lda yiqilishiga sabab bo‘lgan. Shu zahotiyoq orqa tomondan kelayotgan Damas uni bosib o‘tgan. Velosipedchi voqea joyida vafot etgan. Hozirda Toyloq tumani IIB Tergov bo‘limi jinoyat ishi qo‘zg‘atib, dastlabki tergov harakatlarini olib bormoqda.