Nyu Yorkda maktab avtobusi 11 yoshli o‘zbekistonlik qizni urib ketdi

Nyu Yorkda maktab avtobusi 11 yoshli o‘zbekistonlik qizni urib ketdi
  • 0
  • 09.02.2026 15:24:00
  • 1 min read

5-fevral kuni Bruklinda 11 yoshli o‘zbekistonlik qiz — Amira Aminova maktab avtobusi urib ketishi oqibatida vafot etdi. Qizaloq piyodalar yo‘lagidan yo‘lni kesib o‘tayotgan paytda o‘ng tomonga burilayotgan maktab avtobusi uni urib yuborgan va to‘xtamay ketib qolgan. Jabrlanuvchi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan. Avtobusni boshqargan 62 yoshli haydovchi to‘qnashuvni payqamaganini bildirgan. Unga piyodaga yo‘l bermaslik va ehtiyotsizlik bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. Sud majlisi 24-fevralga belgilangan. O‘zbekistonning Nyu York shahridagi Bosh konsulxonasi marhumaning onasi bilan doimiy aloqada ekanini, shuningdek, mahalliy idoralar bilan hamkorlik qilayotganini ma’lum qildi. Diplomatik muassasalar oilaga zarur yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News