
- 0
- 23.12.2025 15:31:00
- 1 min read
Pavlodar shahrida shifokorlar 10 yoshli maktab o‘quvchisining boshidan qariyb 2 santimetrli yog‘och bo‘lagini olib tashladi. Ma’lum bo‘lishicha, bola taxminan 5 yil avval shoxga yiqilib, boshidan jarohat olgan. O‘sha paytda jarohat tozalanib, tikilgan, biroq ichkarida yog‘och bo‘lagi qolib ketgan. Oradan vaqt o‘tib, bolaning chakka qismida shish paydo bo‘la boshlagan. Tekshiruv va kompyuter tomografiyasi natijasida bosh miyasida begona jism borligi aniqlangan. Jarrohlik amaliyoti davomida uzunligi 1,5–2 santimetr bo‘lgan yog‘och bo‘lagi muvaffaqiyatli olib tashlandi. Hozirda bolaning ahvoli yaxshi, u tez orada shifoxonadan chiqarilishi kutilmoqda.