
- 4
- 26.11.2025 13:41:00
- 1 min read
Italiya parlamenti ayollarga nisbatan qotillik uchun umrbod qamoq jazosini belgilaydigan qonunni qabul qildi. Qonun loyihasi iyul oyida Senat tomonidan qabul qilingan bo‘lib, jinoyat kodeksiga “femitsid” (ayollarga nisbatan qotillik) atamasini kiritildi. Qayd etilishicha, ushbu qaror qabul qilinishiga turtki bo‘lgan voqea 22 yoshli qizning sevgilisi tomonidan o‘ldirishi bo‘lgan. Yigit qizni o‘ldirib, jasadini sumkalarga solib, ko‘l qirg‘og‘iga tashlagan. Ushbu jinoyat butun mamlakatni larzaga soldi va jazoni kuchaytirishga sabab bo‘ldi. Mamlakatda 2024-yilda 106 ta femitsid qayd etilgan, ularning 62 tasi ayollarning hozirgi yoki sobiq turmush o‘rtoqlari tomonidan sodir etilgan.