
- 10
- 20.02.2023 10:35:00
- 1 min read
Instagramda endilikda Telegram messenjeridagi kabi kanallarga obuna bo‘lish imkoniyatini yaratmoqda. Kanalga a‘zo bo‘lish uchun shunchaki muallifga obuna bo‘lish kifoya. Kanalda post, so‘rovnoma hamda tasvirlar chop etish mumkin. Hozircha postlarga reaksiya bildirish mumkin ammo sharh yozib bo‘lmaydi. Undan tashqari kanalda bir nechta muallif hamkorlikda jonli muloqot olib borishlari mumkin. Hozircha Instagramning bu imkoniyati faqat AQSHda ishlamoqda. Meta rahbariyati bu imkoniyatni Facebookka ham joriy etishini ma’lum qildi.