Hindistonda uy bekalari ham maosh oladi!

Hindistonda uy bekalari ham maosh oladi!
  • 2
  • 16.12.2025 20:50:00
  • 1 min read

Hindistonda uy bekalari ham maosh oladi!

Hindistonda uy bekaligi endi haq to‘lanadigan ish hisoblanadi. Chunki uy bekalari uchun noyob ijtimoiy dastur joriy etildi. Kamida 12 shtatda 118 millionga yaqin ayol oylik 1000–2500 hind rupiyasi (12–30 AQSh dollari) miqdorida oylik oladi. To‘lovlar bandlikni tasdiqlash yoki xarajatlar hisobotisiz ayolning bank hisobiga o‘tkaziladi. 
Maqsad – uy mehnatini iqtisodiy jihatdan tan olish va ayollarning mustaqilligi hamda oiladagi ta’sirini oshirish. Bu mablag‘lar, hajmi kichik bo‘lsa ham, qishloqda yashaydiganlar va kam ta’minlangan oilalar uchun muhim.
Mutaxassislar aytishicha, Hindistondagi bu tajriba muvaffaqiyatli bo‘lsa, boshqa mamlakatlar ham ayollarning uy mehnatini qadrlash siyosatini o‘rganadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News