
- 1
- 29.01.2026 16:04:00
- 1 min read
Hindistonning Jaunpur shahrida 24 yoshli Suraj Bxaskar nogironlar uchun beriladigan imtiyoz orqali tibbiyot fakultetiga kirish maqsadida chap oyog‘ining bir qismini ataylab kesib tashladi. U avval politsiyaga murojaat qilib, go‘yoki noma’lum shaxslar hujum qilganini bildirgan. Biroq tergov davomida voqea joyidan shpritslar, hushsizlantiruvchi dori va kesish asboblari topilib, bu ishni o‘zi ataylab qilgani fosh bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, Suraj Bxaskar farmatsevtika yo‘nalishida tahsil olgan va tibbiyotda o‘qishni davom ettirishni istagan. Uning kundaligida: “2026-yilda Tibbiyot va jarrohlik bakalavriga har qanday yo‘l bilan kiraman” degan yozuv ham aniqlangan. Hozirda u shifoxonada davolanmoqda. Politsiya soxta bayonot berish, tergovni adashtirish va kvota tizimini suiiste’mol qilish bo‘yicha qonuniy choralarni ko‘rishni ko‘rib chiqmoqda.