
- 0
- 14.07.2026 14:18:00
- 1 min read
Ozarbayjonning Boku shahrida noma’lum erkak 11 yoshli autizmga chalingan bolani liftdan itarib yuborgani kamera yozuvlariga tushib qoldi. Videoda erkakning bola liftga kirishga uringan paytda avval ikki marta qo‘pol tarzda itarib, uchinchi martasiga kuch ishlatib liftdan tashqariga chiqarib yuborgani aks etgan. Bolaning onasi voqeadan keyin farzandi og‘ir ruhiy zarba olgani va shundan buyon umuman gapirmay qo‘yganini ma’lum qildi. Politsiya tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida gumonlanuvchi — 29 yoshli erkak qo‘lga olingan. Hozirda, mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.