
- 0
- 30.01.2026 12:38:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida sodir bo‘lgan holat keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Videoda ikki nafar haydovchi svetoforning yashil chirog‘i yonib turganiga qaramay, avtomobillaridan tushib, yo‘l o‘rtasida salomlashgani aks etgan. Ularning harakati sababli transport oqimi to‘xtab qolgan. Natijada, ularni chetlab o‘tishga uringan boshqa haydovchilar yo‘l harakati qoidalarini buzgan deb topilib, kuzatuv kameralari orqali jarimaga tortilgan.