Olmaliqda 90 yoshli otaxon ish so‘rab hokim qabuliga bordi

Olmaliqda 90 yoshli otaxon ish so‘rab hokim qabuliga bordi
  • 1
  • 27.03.2026 16:46:00
  • 1 min read

Olmaliq shahrida hokim Qobil Hamdamov qabulida 90 yoshli Xudoynazar ota ish so‘rab murojaat qildi. Hokim avvaliga otaxonning yoshini hisobga olgan holda yo‘ldan qaytarishga urinib ko‘rdi. Biroq, keksa otaxon hokimga jismoniy jihatdan hali kuchga to‘la ekanligini va ishlab daromad topish niyatida ekanligini aytib, hatto jismoniy mashqlar ham bajarib ko‘rsatdi.
“Bolam, bekorchilikdan zerikdim, qo‘limdan ish keladi, biror foydam tegsin”, – dedi Xudoynazar ota.
Shundan so‘ng shahar hokimi otaxonni Obodonlashtirish boshqarmasiga bog‘bonlikka ishga joylagan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News