
- 3
- 27.03.2026 09:12:00
- 1 min read
Kecha, 26-mart kuni O‘zbekiston–Tojikiston Oliy davlatlararo kengashining birinchi yig‘ilishidan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon huzurida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida imzolangan hujjatlar ro‘yxati:
🔹 Strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini kengaytirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot
🔹 Tovar ayirboshlashni oshirish dasturi
🔹 Sanoat kooperatsiyasi dasturi
🔹 Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashtirish elektron tizimlarini o‘zaro qo‘llash to‘g‘risida bitim
🔹 Sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim
🔹 Chegaraoldi hududlarda radiochastotalarni muvofiqlashtirish to‘g‘risida bitim
🔹 “O‘zbekiston–Tojikiston investitsiya kompaniyasi” bo‘yicha bitimga o‘zgartirishlar kiritish bayonnomasi
🔹 “E-Permit” axborot tizimi bo‘yicha hamkorlik bitimi
🔹 Fanlar akademiyalari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik bitimi
🔹 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan sanoat va innovatsiyalar rejasi
🔹 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan tog‘-kon va yangi texnologiyalar rejasi
🔹 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik rejasi
🔹 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan turizm bo‘yicha “yo‘l xaritasi”
🔹 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan agrosanoat hamkorligi “yo‘l xaritasi”
🔹 Innovatsiya, davlat xizmati, moliya, ta’lim va sud ijrosi yo‘nalishlarida hamkorlik memorandumlari
Mazkur hujjatlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan.