
- 0
- 21.01.2026 14:53:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent davlat tibbiyot universiteti yaqinida hind tilida yozilgan reklama peshlavhasi o‘rnatilgani aks etgan video tarqaldi. Bu videodan so‘ng Toshkent shahar hokimligi tekshiruv o‘tkazib, peshlavha tegishli hujjatlarsiz o‘rnatilgani hamda “Davlat tili to‘g‘risida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlar talablariga zid ekanini ma’lum qildi. Qonunchilikka ko‘ra, reklama davlat tilida bo‘lishi shart. Noqonuniy reklama belgilangan tartibda demontaj qilindi. Ma’lumot uchun, Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025-yil yanvar–oktabr oylarida o‘qish maqsadida O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolari soni 33 mingdan oshgan. Ularning 14 mingdan ortig‘i Hindiston, 8 mingdan ziyodi Turkmaniston fuqarolaridir.