Panch tufayli IKEA’ning savdosi oshib ketdi 

Panch tufayli IKEA’ning savdosi oshib ketdi 
  • 4
  • 24.02.2026 11:37:00
  • 1 min read

So‘nggi vaqtlarda butun dunyo nazariga tushgan Panch laqabli maymun bolasi kutilmaganda IKEA uchun tijoriy muvaffaqiyatga aylandi. Panchning “yumshoq onasi” IKEA kompaniyasi ishlab chiqaradigan Djungelskog orangutani hisoblanadi. Shved kompaniyasi 19,99 dollar turadigan ushbu o‘yinchoqqa nisbatan talab AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreyada keskin oshib ketganini va million dollar daromad qilganini ma’lum qildi. IKEA’ning Yaponiya filiali zooparkka turli hayvonlarning o‘yinchoqlari to‘plamini sovg‘a qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Panch 2025-yil iyulida atigi 500 gramm atrofidagi vazn bilan tug‘ilgan. Biroq ilk bor tuqqan onasi maymunchani parvarish qilishdan bosh tortgan. Hayvonot bog‘i xodimlari esa Panchning hayotini saqlab qolish uchun bir necha xil narsalar bergan, biroq Panch aynan “o‘yinchoq ona”ni tanlagan.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News