
- 1
- 06.01.2026 08:16:00
- 1 min read
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores 5-yanvar kuni Nyu-Yorkda dastlabki sud majlisida ishtirok etdi. Ularga narkoterrorizm, kokaindan savdo qilish hamda AQSHga zarar yetkazish maqsadida qurol va portlovchi moddalarni saqlash ayblovlari qo‘yildi. Er-xotin barcha ayblovlarni rad etdi.
Maduro sudda: “Men aybsizman. Men halol odamman va hanuz mamlakatim prezidentiman”, dedi. Siliya Flores ham o‘zini Venesuelaning birinchi xonimi sifatida tanishtirib, ayblovlarni inkor qildi.
Sudya keyingi majlisni 2026-yil 17-martga belgiladi. Asosiy sud jarayoni 2027-yilda boshlanishi kutilmoqda. Hozircha er-xotin garov evaziga ozod etishni so‘ramagan. Maduro va Flores sud yakuniga qadar Bruklindagi yuqori xavfsizlikdagi qamoqxonada saqlanadi.