Vengriya bosh vaziri o‘zgaradi: Orban mag‘lub bo‘ldi

Vengriya bosh vaziri o‘zgaradi: Orban mag‘lub bo‘ldi
  • 0
  • 13.04.2026 17:10:00
  • 1 min read

Vengriyada 12-aprel kuni o‘tkazilgan parlament saylovlarida muxolifatdagi “Tisa” partiyasi g‘alaba qozondi va Viktor Orbanning 16 yillik boshqaruvi nihoyasiga yetdi. Partiya yetakchisi Peter Madyar boshchiligidagi kuchlar 53,6% ovoz olib, parlamentdagi 199 o‘rindan 138 tasini qo‘lga kiritdi. Orbanning “Fides” partiyasi esa 37,8% ovoz bilan 55 o‘ringa ega bo‘ldi. Saylovda ishtirok darajasi 77,8% bo‘lib, bu mamlakat tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri bo‘ldi. Orban mag‘lubiyatni tan olib, raqibini g‘alaba bilan tabrikladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News