
- 0
- 18.04.2026 11:17:00
- 1 min read
Humans Group asoschisi va bosh direktori Vladimir Dobrinin Interpol tomonidan xalqaro qidiruvga berildi. Unga nisbatan “qizil bildirishnoma” (Red Notice) rasmiylashtirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Dobrinin qimor o‘yinlarini tashkil etish va jinoiy daromadlarni legallashtirish (pul yuvish) bo‘yicha ayblanmoqda. O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, bu kabi jinoyatlar 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Shuningdek, Humans kompaniyasi so‘nggi yillarda O‘zbekistonda moliyaviy va huquqiy muammolar, shartnomaviy nizolar duch kelmoqda. 2025-yilning dekabr oyida Humans ilovasiga ulangan kartalardan ruxsatsiz pul yechilgani aniqlangandi.