- 10
- 01.03.2023 11:18:00
- 1 min read
Barselonadagi MWC ko‘rgazmasida Huawei Watch GT Cyber aqlli qo‘l soatining Global versiyasini namoyish etdi. Namoyishda soatga yangi konsepsiya asosida almashtirish mumkin bo‘lgan yangi tasmalar taqdim etildi. Tasma ko‘rinishidan Xiaomi Mi Bandning chizg‘ichsimon tasmalarini eslatib yuboradi.
Bu imkoniyat deyarli barcha aqlli soatlarda bor dersiz lekin yangi Huawei Watch GT Cyber’ning tasmasini almashtirish bilan birga uning korpusini ham bir necha soniya ichida almashtirishingiz mumkin. Foydalanuvchilar uchun 6 xildagi tasma va korpus sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.