O‘zbekistonliklar Yangi yilda necha kun dam olishadi?

O‘zbekistonliklar Yangi yilda necha kun dam olishadi?
  • 0
  • 25.12.2025 08:18:00
  • 1 min read

O‘zbekistonliklar Yangi yil munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam olishadi.
Prezident qaroriga ko‘ra, 2025-yil 31-dekabrdan 2026-yil 4-yanvargacha dam olish kuni deb belgilandi.

Shuningdek, 2026 yildagi dam olish kunlari:

- barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 2 yanvar – juma, 28 may – payshanba, 29 may – juma, 31 avgust – dushanba;

- olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3 yanvar – shanba, 30 may – shanba, 31 dekabr – payshanba.

Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq, ishlanmaydigan bayram kunlari hisoblanuvchi 8 mart – Xotin-qizlar kuni bayrami 2026 yilda yakshanba – dam olish kuniga va 21 mart – Navro‘z bayrami hamda 9 may – Xotira va qadrlash kuni bayramlari besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun shanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kunlari mos ravishda 2026 yil 9 mart, 23 mart va 11 may – dushanba kunlariga ko‘chirildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News